Qozog‘iston va Rossiya Energetika vazirliklari o‘rtasida Kokshetau va Semey shaharlarida ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari qurish bo‘yicha hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi, deya xabar berdi qardosh davlat mas’ul idorasi matbuot xizmati.
– Ust-Kamenogorskni ham qo‘shganda, uchta viloyatimiz ulkan ko‘mir zahirasiga ega, – deydi vazir Almasadam Satkaliyev. – Demak, yangi issiqlik elektr stansiyalari barpo etish tarmoq yanada rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Qozog‘istonning “Samruk-Energo” AJ vakolatli tashkilot sifatida joriy yil birinchi IES loyihasini amalga oshirishni boshlash bo‘yicha tegishli “Yo‘l xaritasi”ni allaqachon shakllantirgan.