Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida professional boks bo‘yicha IBA «Chempionlar oqshomi» davom etmoqda.
Kechaning super yarim o‘rta vazn toifasidagi bahsida havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov o‘zining navbatdagi janggini o‘tkazdi. Iqboljon Xoldorov mazkur kechada qozog‘istonlik Raxmanqo‘l Sagadatga qarshi bahs olib bordi. Yuqori texnika va tezkorlikka ega bo‘lgan Iqboljon hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deya e’tirof etildi.
Shuningdek, «Chempionlar oqshomining» -63.5 kg. vaznida Mujibillo Tursunov va Juma Choki (Tanzaniya) 6 raundlik jangda raqobatlashdi. Bahsda vakilimiz Mujbillo Tursunov ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, «IBA Chempionlar oqshomi»ning markaziy janggi Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona o‘rtasida IBA chempionlik kamari uchun kechadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA