Orenburg yaqinidagi Ural daryosida suv sathi ko‘tarilishda davom etmoqda. Hozirda suvning sathi 1120 santimetrni ko‘rsatmoqda.

Bu haqda Orenburg rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Kudinov jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Suv sathi ko‘tarilmoqda, hozir esa biz 1120 santimetrlik sathni ko‘rmoqdamiz. Bir kecha-kunduzda yana 900 ta tomorqa va 361 ta uy suv ostida qoldi” deyiladi “AzerTAJ” xabarida.

O‘zA