FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani markazidan 22 kilometr uzoqlikda joylashgan “Qo‘ng‘irotko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida bir nechta xo‘jalik dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Yosh tadbirkor Jolliboy Ajimuratov 2017-yilda ushbu hududda joylashgan 2,4 gektar maydonli tashlandiq tabiiy ko‘lni ijaraga olib, “SHALAN-SAY” xususiy korxonasini tashkil qilgan.

Tadbirkorning tinimsiz mehnati va sa’y-harakati evaziga tabiiy ko‘lga suv keltirildi, atrofi obodonlashtirildi. 2022-yil esa ovul fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisining amaliy ko‘magi bilan 33 million so‘mga 1 tonna baliq chavog‘i olinib, ko‘lga solindi. Hozirda ko‘lda parvarishlanayotgan sazan va do‘ngpeshona baliqlarining tirik salmog‘i 1,5-2 kilogrammga yetkazilgan.

Ko‘lda ovlanayotgan baliqlar bugungi kunda tuman dehqon bozoridagi savdo yarmarkasida aholiga arzon narxlarda sotilmoqda.

Tadbirkor joriy yil oxiriga qadar 10 tonna baliq yetishtirib, 200 million so‘mdan ortiq daromad olishni ko‘zlagan.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA