Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Irrigatsiya tizimlarini yaxshilash maqsadida Janubiy Mirzacho‘l va Tuyatortar kanallarini betonlash bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshirilishi belgilandi.
Viloyatga investitsiya jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Xitoylik investorlar Jizzaxda qurilish materiallari, kimyo, energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va farmatsevtikada 4 milliard dollarlik 22 ta loyihani boshlashga tayyor.
Buning uchun Zomin tumanida sanoat texnoparki, Zarbdordagi Shodlik mahallasida Jizzax sanoat zonasi filiali, Zafaroboddagi Chimqurg‘on mahallasida va Sharof Rashidov tumanidagi Toqchilik mahallasida sanoat zonalari tashkil qilinadi.
O‘zA