Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Zarbdor hududidan o‘tgan Qo‘qon – Jizzax avtomobil yo‘li chetidagi 55 gektar, Yangiobodda 700 gektar eski pistazorlarni yangilab, 5 gektardan aholiga bo‘lib berish taklifi ma’qullandi.

Shuningdek, Zarbdorda sotilmay qolayotgan 10 ta va xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 6 ta obyektning boshlang‘ich bahosini 10 foizgacha pasaytirib, 5-yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilsa, tadbirkorlar loyiha qilishi va 200 ta ish o‘rni yaratilishi mumkinligi ta’kidlandi.

– Mana, birgina tumanni o‘zida qancha imkoniyat! Qo‘shimcha 5 mingta ish o‘rni, kamida 50 million dollar eksport, tuman byudjetiga qo‘shimcha 80 milliard so‘m tushum, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA