Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Ta’kidlanganidek, Zarbdor tumanidagi “DM-1” kanalidan suv ichadigan Istiqbol, Nurafshon, Namuna, G‘alaba mahallalarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinsa, dehqonlarning 1 ming gektar yerida, shuningdek, tuman yoshlariga bo‘lib berilgan 3 ming gektarda qovun yetishtirish va uni qayta ishlash orqali 28 million dollar eksportqilish mumkin.
Zarbdorning 12 ming gektar yerlari “DM-3” kanalidan eng samarali bo‘lgan o‘zi oqar yopiq quvur usulida suv olishga mo‘ljallangan. Lekin uning 160 kilometri yaroqsiz holga kelgan.
Mutasaddilarga kanalni ta’mirlash loyihasini kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritish topshirildi.
Shunday sug‘orish tarmog‘ini Zomin tumaniga ham tortib borish muhimligi qayd etildi.
O‘zA