Turkiyadagi Istanbul xalqaro aeroportining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq quyosh energiyasi bilan qoplanadigan dunyodagi birinchi aeroportga aylanadi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, havo bandargohining ishlashi uchun barcha zarur energiya Eskishehir viloyatida qurilayotgan quyosh elektr stansiyasida (SES) ishlab chiqariladi.

Eskishehirdagi yangi quyosh elektr stansiyasining quvvati 199,32 MVt, unumdorligi esa yiliga 340 million kVt/soatga yetadi. Qiymati 212 million yevro bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini joriy yil oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, quyosh energiyasi iste’moliga o‘tish atmosferaga emissiyalarni minimallashtirishi va 2050-yilga kelib bu ko‘rsatkich nolga yetishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zA