Shu kunlarda Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.
Jahon kubogining birinchi kungi musobaqalarida o‘zbekistonlik sambochilar 5 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Shiddatli o‘tgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolari 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Gulsevar O‘roqova, Feruza Boboqulova, Madinabonu Salohiddinova kumush, A’zam Rashidov va Asqarbek Avganov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 mamlakatning 200 dan ziyod sambochisi ishtirok etayotgan jahon kubogi bahslarida mamlakatimizning 12 nafar sambochisi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Ro‘ziyev, O‘zA