FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida joylashgan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida oliy ta’lim dargohi rahbariyati, professor va o‘qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab institut rektori B. Jollibekov o‘tgan 2023-yil davomida oliy ta’lim dargohida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ma’lumot berdi. Bugungi kunda institutda bakalavriat, magistratura ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi va sirtqi bo‘limlarida jami 3 ming 528 nafar talaba tahsil olayotgani, ularga 200 dan ortiq professor-o‘qituvchi saboq berayotgani bildirib o‘tildi.

Matbuot anjumanida institut jamoasi jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytardi.

Anjuman doirasida press-tur tashkil etilib, ishtirokchilar institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv va amaliyot xonalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari institutda Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan zamonaviy baliqchilik laboratoriyasi va Nukus tumanida joylashgan 30 gektarlik dehqonchilik tajriba maydonida bo‘ldi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA