Fransiyada badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Iqtidorli gimnastikachimiz Taxmina Ikromova musobaqa yakkalik dasturining ko‘pkurash yo‘nalishida oltin medal bilan taqdirlandi.
Guruh bahslarida Mumtoza Is’hoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedovadan iborat terma jamoamiz 3 ta tasma va 2 ta to‘pda mashq bajarishda 30.550 ball jamg‘arib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA