Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan yig‘ilishi 18-aprelda bo‘lib o‘tadi, dedi kengashga raislik qilayotgan Malta davlatining tashkilotdagi doimiy vakili Vanessa Freziyer brifingda.
– Yuqori darajadagi majlisni tashqi ishlar vaziri Yan Borg olib boradi, – dedi mas’ul xodim.
Ma’lum qilinishicha, tadbirda Bosh kotib Antoniu Guterrish ham ma’ruza qiladi.
Shuningdek, Kengash doirasida 3-aprel kuni qurolli mojarolarda bolalar ishtiroki masalasi, 17-aprelda esa O‘rta yer dengizi mintaqasida tinlik va xavfsizlik mavzusi ham ko‘rib chiqiladi.