Joriy yilning 31-mart – 11-aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolari o‘ynaladigan eng so‘nggi turnir bo‘lganligi bois ushbu musobaqaga xalqaro maydonda qiziqish yuqori.

Mazkur jahon kubogi bahslarida mahoratli sportchilarimizdan Doston Yoqubov(-73), Muhammadqodir Toshtemirov(-73), Sarvar Zafarjonov(-89), Akbar Jo‘rayev(-109), Sharofiddin Amriddinov(-109), Jamila Panfilova(-49), Nigora Abdullayeva(-55), Rigina Adashboyeva (-81), Nigora Suvonova(-87), Tursunoy Jabborova(+87) vatanimiz sharafini himoya qilish bilan birga bir qator sportchilarimiz olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining birinchi tarkibi ertaga, 30-mart kuni jahon kubogiga yo‘l olsa, ikkinchi tarkib 5-aprel kuni va uchinchi tarkib esa 7-aprel kuni Tailandga yo‘l oladi.

Sportchilarimizning bahslarda ishtirok etish muddatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, jahon kubogining ilk bahslarida o‘z ishtirokini hamyurtimiz Jamila Panfilova 1-aprel kungi ishtiroki bilan boshlab beradi.

Tokio-2020 Olimpiadasi oltin medal sohibi, jahon chempioni Akbar Jo‘rayev jahon kubogi medallari uchun kurashga 10-avgustdan kirishadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA