Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi.

GFR hukumati voizi Shteffen Xebestreitning yozma bayonotiga ko‘ra, telefon orqali kechgan suhbatda siyosiy, harbiy va gumanitar vaziyat haqida fikr almashilgan.

Zelenskiy Sholsga Rossiyaning so‘nggi hujumlari haqida ma’lumot bergach, Germaniya hukumatiga harbiy yordam bergani, xususan mamlakati havo mudofaasi tizimini kuchaytirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Shols “Rossiya tajovuzi qarshisida Ukraina bilan shaksiz birdam”ligini tasdiqladi, Germaniya Yevropadagi va boshqa xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlikda Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etishini qayd etdi.