Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yog‘ mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi.
Buxoro viloyati Romitan tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan “T.” hamda Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “A.” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, “A.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli noturar binoda yashirin sex tashkil qilgan. Tadbir davomida ushbu yashirin sexdan qo‘lbola usulda tayyorlangan 77,1 tonna 5 litr hajmdagi yelim idishlarga qadoqlangan iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti, 19 ming 460 dona xo‘jalik sovuni, 10 tonna paxta chigiti, 3 tonna kunjara, 32 ta rulon yorliq, 8 dona moy-juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jami 1,3 milliard so‘mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullanv, O‘zA muxbiri