Prezidentning joriy yil 5-martdagi qarori bilan “ACWA Power Company” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘i quriladi.

Loyiha doirasida “ACWA Power KRPK Wind” MCHJ ta’sis etildi.

Shuningdek, “ACWA Power Company” tomonidan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi hamda elektr uzatish tarmog‘ini qurish investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha doirasida “ACWA Power Gijduvan Wind” MCHJ  tashkil qilindi.

O‘zA