Filippinda suv sport turlari bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining sinxron suzish bo‘yicha turli yosh toifalarida g‘oliblar aniqlandi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jumladan, Ziyodaxon Toshxo‘jayeva hamda Anna Vashenko juftligi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Yelizaveta Kasatkina hamda Darya Kochneva 12 va undan kichik yosh toifasida, Jasmina Qodirova, Sabina Mahmudova, Yelizaveta Afanaseva esa 13-15 yosh toifasida bronza medali bilan taqdirlandi. Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA