Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat idoralarining tinch sharoitdagi faoliyatini harbiy davrga o‘tkazish tartibini takomillashtirish ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi, deb xabar tarqatdi ushbu davlat rahbari matbuot xizmati.
– Hujjat davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini o‘zgartirish qoidasini takomillashtiradi, harbiy-siyosiy sharoit o‘zgarishini hisobga olib, milliy xavfsizlikka tahdid paydo bo‘lganda o‘zaro kelishilgan va samarali harakat olib borilishini ta’minlaydi, – deyilgan axborotda.