Lukashenko davlat idoralarini harbiy davrga o‘tkazish tartibiga aniqlik kiritdi

264

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat idoralarining tinch sharoitdagi faoliyatini harbiy davrga o‘tkazish tartibini takomillashtirish ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi, deb xabar tarqatdi ushbu davlat rahbari matbuot xizmati.

– Hujjat davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini o‘zgartirish qoidasini takomillashtiradi, harbiy-siyosiy sharoit o‘zgarishini hisobga olib, milliy xavfsizlikka tahdid paydo bo‘lganda o‘zaro kelishilgan va samarali harakat olib borilishini ta’minlaydi, – deyilgan axborotda.