Bugun, 4-mart kuni Praga shahrida davom etayotgan “Prague International Chess Festival” turnirining 6-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxaa bilan kuch sinashadi.
Mazkur nufuzli musobaqada Abdusattorov 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Rameshbabu 5 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.
Eng kuchli shaxmatchilarning10 nafari ishtirok etayotgan mazkur xalqaro turnirning 6-turida shuningdek, quyidagi juftliklar ro‘baro‘ kelmoqda:
David Navarra (Chexiya) — Richard Rapport (Ruminiya)
Tayi Dai Van Nguyen (Chexiya) — Parham Magsudlu (Eron)
Vidit Santosh Gujrati (Hindiston) — Vinsent Keymer (Germaniya)
Dommaraju Gukesh (Hindiston) — Mateuj Bartel (Polsha)
Musobaqalar 7-martga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA