Dzyudo bo‘yicha poytaxtimizda o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida saralash bahslari yakunlandi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili medallar uchun kurashni kechki dasturda olib boradi. Ushbu bosqichda -60 kgda Doston Ro‘ziyev va Giorgi Sardalashvili (Gruziya), -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva va Amandin Bushar (Fransiya) oltin medal uchun kuch sinashadi.
Shuningdek, bronza medali uchun vazni -66 kg bo‘lgan polvonlar orasida Sardor Nurillayev va Vilyam Lima (Braziliya) raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA