Dzyudo: Uch nafar polvonimiz kechki dasturda medallar uchun kuch sinashadi
219
Dzyudo bo‘yicha poytaxtimizda o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida saralash bahslari yakunlandi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili medallar uchun kurashni kechki dasturda olib boradi. Ushbu bosqichda -60 kgda Doston Ro‘ziyev va Giorgi Sardalashvili (Gruziya), -52 kg vaznda Gulhayo Jo‘rayeva va Amandin Bushar (Fransiya) oltin medal uchun kuch sinashadi.
Shuningdek, bronza medali uchun vazni -66 kg bo‘lgan polvonlar orasida Sardor Nurillayev va Vilyam Lima (Braziliya) raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA