Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Xorazm viloyatidagi poliklinika va shifoxonalar faoliyatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Hududdagi tug‘ruqxonalarni qon tozalash uskunasi bilan to‘liq ta’minlash, xorijiy mutaxassislar ishtirokida akusher-ginekolog, neonatolog, reanimatolog va doyalarni o‘qitish topshirildi.

Xonqadagi tibbiyot birlashmasini kompleks qayta qurish loyihasi ishlab chiqilib, 2025-yil davlat dasturiga kiritiladi.

O‘zA