Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Humo Arena”da dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir boshlandi.
Dunyoning 68 davlatidan jami 495 nafar dzyudochisi ishtirok etadigan musobaqada erkaklar o‘rtasida 2 ta, ayollar orasida esa 3 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Mazkur bahslarda 19 nafar polvonimiz ishtirok etadi.
Jumladan, -60 kg. vazn toifasida Dilshodbek Baratov – Yunus Saddiki (Marokash), Doston Ro‘ziyev – Vijay Yadav Kumar (Hindiston), Kamoliddin Baxtiyorov – Giorgi Sardalashvili (Gruziya), Bahrom Botirov – Yorre Verstrayeten (Belgiya) o‘rtasida bellashuvlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, -66 kg. vaznda Muhriddin Tilovov – Tal Flikker (Isroil)/Shugen Nakano (Filippin), Sardor Nurullayev – Muhammad Abdelmavgud (Misr), Abdurahim Nutfulloyev – Vilyar Lipard (Estoniya) va Bobur Vadjiyev – Matteo Piras (Italiya) bilan kuch sinashadi.
Ayollar o‘rtasidagi -48 kg. vazn toifasida Halimajon Qurbonova – Sila Yersin (Turkiya), Fotimaxon Tursunboyeva – Tamar Malka (Isroil)/Shukrona Karchiyeva (Tojikiston), Ulbusin Hakimova – Shira Rishoni (Isroil), Laziza Haydarova – Tara Babulfatx (Shvetsiya)/Kristina Dudina (Neytral maqom), -52 kg. vaznda esa Sita Qadamboyeva – Mariya Siderot (Portugaliya), Muhayyo Ahmadova – Arujan Yerejepova (Qozog‘iston) hamda Gulhayo Jo‘rayeva – Mikaela Skiakovelli (Italiya) bahsiga guvoh bo‘lamiz.
Vazni -57 kg. toifasidagi bellashuvlarda Shukurjon Aminova – Pauline Starke (Germaniya), Nilufar Yermaganbetova – Altansetseg Batsuh (BAA), Farangiz Rejepova – Maysa Pardayeva (Turkmaniston) hamda Yulyana Maksetbayeva – Arleta Podolak (Polsha) juftliklari ilk davrada to‘qnashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA