Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hududda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirishga to‘xtalib o‘tildi.

Xonadonlarda chorva naslini yaxshilash, sutni qayta ishlash, parranda go‘shti ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Jumladan, go‘sht yo‘nalishida har biri 200 ming bosh parrandaga mo‘ljallangan 5 ta sanoatlashgan yirik parrandachilik korxonasi Bog‘ot, Gurlan, Hazorasp, Honqa, Shovotda ishga tushiriladi.

Viloyatdagi sun’iy suv havzalarining atigi 10 foizida baliq intensiv usulda boqilishi qayd etilib, endilikda intensiv usulda baliq yetishtirgan tadbirkorlar yer va aylanma solig‘ini 50 foizini to‘lashi, suv solig‘i va to‘lovidan ozod etilishi belgilandi.

O‘zA