Vengriya markaziy statistika boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Vengriyada aholi kamayib boryapti.
2023-yil oxirida mamlakatda 9,58 million fuqaro yashayotgani aniqlandi. Yil davomida tabiiy qisqarish, 85 ming tug‘ilish va 127 ming o‘lim holati o‘rtasidagi farqni hisobga olganda, 42 ming nafarni tashkil etdi. Tug‘ilganlar 3,7 foizga teng, tug‘ilish darajasi 1,52 foizdan 1,5 foizga tushgan.
2010-yil hukumat aholi o‘sishi sekinlashuvini bartaraf etish maqsadida ko‘p bolali (3+) oilalar uchun soliqni kamaytirish, imtiyozli kredit ajratish kabi choralar ko‘ra boshlagan.