Istanbul xalqaro aeroporti 2024 yil yanvar oyida 6 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 350 ming yoki olti foiz ko‘p.
Turkiya Davlat aeroportlari bosh boshqarmasi xabar berishicha, joriy yil dastlabki oyda mamlakatning eng yirik havo bandargohidan foydalanganlarning 1 234 576 nafari ichki, 4 767 043 yo‘lovchi esa xalqaro reysda uchgan.
2023 yil yanvar oyida Istanbul aeroportida yo‘lovchi tashish jami 5 653 639 kishini tashkil etgan edi.
Mamlakatning ikkinchi eng gavjum aeroporti Sabiha Gyokchen hisobot davrida 3 milliondan ko‘p yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.
“Eurocontrol” aeronavigatsiya xavfsizligi tashkiloti bir necha bor Istanbul aeroportini Yevropadagi eng gavjum havo majmuasi sifatida e’tirof etgan.