Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari to‘g‘risida ta’sirchan mediakontent, filmlar tayyorlash muhimligini ta’kidladi.
Telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismini surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etish zarurligi qayd etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar qalbida o‘ziga ishonch va qat’iyat tuyg‘usini oshiradigan badiiy asarlar yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi ta’kidlandi.
O‘zA