Poytaxtimizda muaytay bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 573 nafar, shundan 173 nafari qizlar 54 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mazkur musobaqada joriy yilning mart oyida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga va Taylandda bo‘lib o‘tadigan jang san’atlari va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kuchli sportchilar saralab olinadi.

Bellashuvlar 18 fevralga qadar davom etadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA