Keniyaning Nakuru okrugida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida marafon bo‘yicha jahon rekordi sohibi, 24 yoshli Kelvin Kiptum va uning murabbiyi Gervais Xakizimana halok bo‘ldi.

“Reuters” axborot agentligi xabariga ko‘ra, mashinani atletning o‘zi boshqargan. Avtomobil muvozanatni yo‘qotib, daraxtga urilgan.

Kelvin Kiptum o‘tgan yil oktyabr oyida Chikago marafonida 2 soat 35 soniya natija bilan jahon rekordini yangilagan. Avvalgi rekordga 2022 yil Berlinda uning hamyurti Eliud Kipchoge erishgandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA