Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasining (CAVA) Bosh assambleyasi yig‘ilishida o‘zbekistonlik mutaxassis mazkur tashkilotning vitse-prezidenti etib saylandi.
Assambleya yig‘ilishida mintaqada mazkur sport turi ommaviyligini yanada oshirish, malakali hakam va murabbiylarni tayyorlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Tashkilot rahbariyati tarkibi keyingi to‘rt yilga saylandi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Markaziy Osiyo voleybol federatsiyalarining delegatlari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan o‘tgan saylovda CAVAning amaldagi rahbari, Muhammad Latif yangi muddatga tashkilot prezidenti vazifasini egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Farhod Alimov Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti vazifasiga saylandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA