Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) ma’lum qilishicha, Saudiya Tashqi ishlar vazirligi G‘azoga tajovuzni to‘xtatish, ishg‘ol kuchlarini olib chiqib ketishga chaqirdi.
Ta’kidlanishicha, Ar-Riyod falastinliklar qonuniy huquqiga ega bo‘lishi masalasida qat’iy.
Podshohlik AQSH ma’muriyatiga 1967 yil Sharqiy Quddus bilan chegarada mustaqil Falastin davlat sifatida tan olinmaguncha, Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatilmasligi haqidagi qat’iy qarashini bildirdi, – deyiladi bayonotda.
Rasmiy notada AQSH Milliy Xavfsizlik Kengashi matbuot kotibi Jon Kirbiga tegishli izoh berilgan, ammo uning so‘zlari keltirilmagan.
Bir kun avval “Reyter” xabar berishicha, “Kirbi Bayden ma’muriyati Saudiya Arabistoni va Isroil munosabatini mo‘’tadillashtirish uchun munozarani davom ettirishga tayyorligi haqida ijobiy fikr bildirgan”.
Saudiya BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolarini “Falastin davlatini tan olishni tezlashtirishga” chorladi.
Davlat kotibi Entoni Blinken dushanba kuni Ar-Riyodda Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashdi. U ayni kunlarda ittifoqchilar bilan G‘azodagi vaziyatni muhokama qilish uchun mintaqaviy safarda yuribdi. Misr va Qatargadan keyin Blinken Isroilga kelgan.