Minsk shahri bilan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi imzolandi

271

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Kuxaryov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi qulay sarmoyaviy muhit, investorlar uchun yaratilgan kafolat va imkoniyatlar, 2030 yilgacha Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar haqida so‘z yuritildi. Turli yo‘nalishlarda, xususan, mebel ishlab chiqarish, farmatsevtika, tibbiyot, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkent shahar hokimligi va Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini imzoladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA