“Wildberries” ma’lumotlariga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi 27,9 ming kvadrat metr maydonda yangi saralash markazi joylashdi. Unda taxminan 1600 nafar xodim ish bilan ta’minlangan.
Marketpleys o‘zining logistika infratuzilmasini rivojlantirishda davom etmoqda. Shubhasiz, yangi saralash markazi Shusharda yonib ketgan yirik omborlardan birining vazifasini bajaradi. O‘shanda kompaniya bekor qilingan buyurtmalar uchun xaridorlarga pullarni qaytarib berdi. Yetkazib berish muddatlarini qisqartirish uchun sotuvchilar boshqa omborlarga va saralash markazlariga yangidan taqsimlandi.
Marketpleysning O‘zbekistondagi ilk saralash markazi 2023 yilning may oyida ochilgan edi. Toshkent viloyatida joylashgan logistika markazi mamlakatga kelib tushayotgan buyurtmalarni saralash, keyin esa tarqatish punktlariga yuborishni amalga oshiradi. U shuningdek, ushbu platformada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkonini berdi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA