BAA Qizil Yarim oy jamiyati ma’muriyati falastinlik birodarlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlangan “Jasur qo‘mondon-3” gumanitar amaliyoti doirasida G‘azo sektori bo‘ylab insonparvarlik yordami tarqatishni davom ettirmoqda, deb yozdi “WAM”.
23-30 yanvar oralig‘ida oziq-ovqat va asosiy jihozlar, shuningdek chodir olgan g‘azoliklar soni 609 314 nafarga yetdi.
Departament Rafoh, Xon Yunis va Markaziy muzofotlardagi ichki ko‘chmanchilarga oziq-ovqat tayyorlash va tarqatish uchun 17 jamoat oshxonasini hozirladi. Shuningdek, mavjud tanqislikni yengillashtirish uchun un yetkazib berish orqali novvoyxonalarni qo‘llab-quvvatladi.
Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon ko‘rsatmasiga muvofiq, 5 noyabrdan boshlab G‘azo aholisiga muntazam ravishda ko‘mak jo‘natilmoqda. Bu harakat BAAning qardosh Falastin xalqi bilan birdamligini ko‘rsatadi.