G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahri Nosir shifoxonasidagi 3600 nafarga yaqin falastinlik hujumga uchragan. Bu haqda qamaldagi Ashraf al-Qudra anklavi Sog‘liqni saqlash idorasi rasmiy vakili ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kasalxona hamon qamalda. 150 tibbiyot xodimi, 450 yarador va 3 ming ichki tartibda ko‘chirilgan fuqaro “nishonga” aylangan.

– Ikki haftadan buyon Nosir shifoxonasi qamali davom etmoqda deydi – Al-Qudra. – Yonilg‘i yetishmovchiligi tufayli ikki kundan keyin generatorlar ishlamay qoladi. Isroil kuchlari majmua hududida to‘planib qolgan chiqindini olib chiqishga to‘sqinlik qilyapti. Tibbiyot guruhlari va yaradorlar, ko‘chirilganlar oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan. 7 oktyabrdan beri G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar soni 26 751, yaralanganlar 65 636 nafarga yetdi. So‘nggi 24 soat ichida 114 fuqaromiz qurbon bo‘ldi, 249 nafari yaralandi. Marhumlar jasadi hamon vayron bo‘lgan binolar ostida, yo‘llar chetida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari sun’iy to‘siqlar tufayli haligacha ular yoniga bora olmayapti.

– G‘azo sektorining turli nuqtalaridan o‘g‘irlab ketilgan va keyin Isroil tomonidan topshirilgan 100 nafar falastinlikning jasadi Rafoh shahridagi ommaviy qabrga dafn qilindi, – deb xabar berdi “WAFA” agentligi. – Halok bo‘lganlar jasadi “Karim Abu Salim” nazorat manzili orqali Falastin tomoniga topshirildi. Noma’lum marhumlarni tekshirish chog‘ida ba’zi jasadlarning ichki a’zolari o‘g‘irlangani aniqlandi. Avvalroq G‘azo hukumati Isroilni falastinliklar jasadini tortib olish va tana a’zolarini o‘g‘irlashda ayblab, shunday holatlarni tekshirish uchun mustaqil xalqaro qo‘mita tuzishni talab qilgan edi.

G.Sattorova,  

O‘zA