FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Do‘stlik mahallasida joylashgan “Moonstar” davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasi tadbirkor Zakira Qaypanova tomonidan 2023 yil fevral oyida tashkil etilgan.
Muassasa 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda bu yerda ikkita guruhda jami 70 nafar kichkintoy tarbiyalanmoqda. Bolajonlarning har bir kuni mazmunli va samarali o‘tishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Guruh xonalari zarur jihoz, o‘quv qurollari va o‘yinchoqlar bilan ta’minlangan. Ingliz va rus tillari, shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, xoreografiya to‘garaklari ishlab turibdi.
Yaqinda hokim yordamchisining tavsiyasi bilan bankdan ajratilgan 33 million so‘mlik imtiyozli kredit hisobidan qo‘shimcha inventarlar olindi. Kelgusida moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash va tarbiyalanuvchilar sonini oshirish ko‘zda tutilgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA