Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga “noqonuniy kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 ta ko‘chat ekish” tizimini joriy qilish topshirildi.
Ohangarondagi 23 gektar va Yangiyo‘ldagi 37 gektarda joylashgan sobiq chiqindi poligonlari hududida “yashil bog‘lar” tashkil qilish boshlanadi.
Suvga zararli tashlanmalarni oqizayotgan va o‘zidan zararli chiqindilarni ko‘p chiqarayotgan korxonalar bilan ishlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
O‘zA