Iste’molchilarning 30 foizida haligacha suv hisoblagichi o‘rnatilmagan

368

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunda ichimlik suvi inshootlarining ayrimlari talabga javob bermasligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan suv sifati standartlarini to‘liq yangilab, ularni barcha suv inshootlarida joriy qilishi shartligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga kamida 4 ta laboratoriyani jihozlab, ularda ichimlik suvi sifatini to‘liq tahlil qilishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shu bilan birga, ichimlik suvi ta’minoti tizimida ichimlik suvi yo‘qotilayotgani, iste’molchilarning 30 foizida haligacha suv hisoblagichi o‘rnatilmagani, tizimda o‘g‘irliklar davom etayotgani tanqid qilindi.

 

O‘zA