Qozog‘istonning Ostona shahrida Suriya bo‘yicha muzokaraning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 21-xalqaro yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Eron, Rossiya va Turkiya vakillarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Baqoyev ma’lum qilishicha, 22-majlis yilning ikkinchi yarmida yana Ostonada tashkil etiladi.
Qo‘shma bayonot o‘qilgach, tomonlar keyingi xalqaro yig‘ilishni ham ushbu shaharda o‘tkazishga kelishgan.
– Ostona jarayoni Suriya masalasini hal qilishning asosiy platformasi bo‘lib qolishini istaymiz, – dedi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi rahbari Aleksandr Lavrentev.