Korxonalarda ish o‘rni yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar joriy etilishi belgilandi

363

Yig‘ilishda qator hudud va tarmoqlarda ishga tushirilgan korxonalar va uskunalar eksport natijasiga ta’sir ko‘rsatmaganiga aniq misollar keltirildi.

Loyihalar samaradorligi ustidan yetarli nazorat olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Endilikda har bir vazir o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i va vazirlik xodimiga korxonalarda ish o‘rni yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar joriy etilishi belgilandi.

Elektrotexnika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, charm, parranda, zargarlik, ipak, mebel tarmoqlarida ishlamayotgan korxonalar, bekor turgan uskunalarni to‘liq quvvatda ishlashiga ko‘maklashish muhim ekani ta’kidlandi.

 

O‘zA