O‘zbekistonlik professional bokschi Botir Ahmedov ishtirokidagi jang Premier Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan 2023 yilning eng yaxshi jangi uchun o‘tkaziladigan tanlovdan joy oldi.
Aytish lozim, sirdaryolik bokschi Botir Ahmedov 2023 yilning may oyida amerikalik Kennet Simsga qarshi ringga chiqqandi.
WBA kamari uchun eliminator maqomida o‘tkazilgan mazkur jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra, Sims ochkolar hisobida g‘alaba qozongani e’lon qilingan bo‘lsada, hamyurtimizning ringdagi texnik-taktik harakati 2023 yilgi shiddatli yurishlardan biri sifatida talqin etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Botir Ahmedov o‘tgan yil noyabr oyida Muhammadsalim Sotvoldiyevga qarshi o‘tkazgan 2023 yildagi so‘nggi jangida muddatidan oldin g‘alabaga erishgandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA