Halokatga uchragan vertolyot o‘quv mashqini o‘tkazayotganda qattiq qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Qirg‘iz Respublikasi mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Bishkek yaqinida ro‘y bergan halokat tufayli jarohatlanganlar 10 kishiga yetgan. Ularning 4 nafari jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. 1 nafar harbiy xizmatchi, aniqrog‘i, ekipaj sardori halok bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat sabablarini o‘rganish uchun komissiya tuzilgan. Tekshirish natijalari keyinroq e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.
17 yanvar kuni ertalab “Kabar” axborot agentligi Qirg‘iziston havo mudofaasiga qarashli Mi-8MTV harbiy vertolyoti Bishkek yaqinida qulab tushgani haqida xabar tarqatgan edi.