“Le Figaro” gazetasining yozishicha, Fransiya prezidenti “Rossiyaning g‘alaba qilishiga yo‘l qo‘yib berilishi, o‘zimizni xavf ostiga qo‘yamiz deganidir, ya’ni, o‘rnatilgan xalqaro tartiblarga boshqa amal qilinmaydi va bu Boltiqbo‘yidagi do‘stlarimiz uchun imkonsiz”, degan.
Bundan tashqari, Makron matbuot anjumanida Fransiya Ukrainaga taxminan 40 ta SCALP raketalarini, yuzlab bomba va “Ceaser” og‘ir zambaraklarini berishini e’lon qilgan.
Dekabr oyida Rossiya rasmiylari Buyuk Britaniya va Fransiya Kiyevga 200 dan ziyod “Storm Shadow” va “Scalp” raketalarini yetkazib bergani haqida ma’lum qilgan edi.