Qatarning Doha shahri mezbonlik qilayotgan XVIII Osiyo kubogining guruh bosqichi “F” guruhida 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Unda Saudiya Arabistoni va Ummon terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi va mazkur o‘yin 2:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Tailand va Qirg‘iz Respublikasi bahsida 2:0 hisobi qayd etildi. Shu tariqa musobaqaning guruh bosqichida birinchi tur uchrashuvlari yakunlandi.
Osiyo kubogining birinchi tur uchrashuvlaridan so‘ng guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
“A” guruhi:
1. Qatar – 3 ochko
2. Xitoy – 1 ochko
3. Tojikiston – 1 ochko
4. Livan – 0 ochko
“B” guruhi:
1. Avstraliya – 3 ochko
2. Suriya – 1 ochko
3. O‘zbekiston – 1 ochko
4. Hindiston – 0 ochko
“C” guruhi:
1. Eron – 3 ochko
2. BAA – 3 ochko
3. Gongkong – 0 ochko
4. Falastin – 0 ochko
“D” guruhi
1. Yaponiya – 3 ochko
2. Iroq – 3 ochko
3. Vetnam – 0 ochko
4. Indoneziya – 0 ochko
“E” guruhi
1.Iordaniya – 3 ochko
2.Janubiy Koreya – 3 ochko
3.Bahrayn – 0 ochko
4.Malayziya – 0 ochko
“F” guruhi
1. Tailand – 3 ochko
2. Saudiya Arabistoni – 3 ochko
3. Ummon – 0 ochko
4. Qirg‘iziston – 0 ochko
Bugun, 17 yanvar kuni “A” guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari start oladi. Unda Livan – Xitoy, Tojikiston – Qatar terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA