“Wildberries” marketpleysi Shushardagi omborda yonib ketgan tovarlarga bekor bo‘lgan buyurtmalar uchun xaridorlarga pullarini o‘tkazib beradi.

“Ba’zi xaridorlar uchun biz tovarlarni boshqa omborlarda mavjud bo‘lgan xuddi shunday tovarlarga almashtirib berdik, qolganlarga buyurtmani bekor qilish uchun pul jo‘natdik”, -deyiladi marketpleys xabarida.

“Wildberries” taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 47 foiz xaridorlar o‘z buyurtmalarini tovarlarni almashtirgandan so‘ng oladi, 11 foiz buyurtmalar allaqachon chiqarib berilgan yoki berish punktlariga yetkazib berilgan, mijozlarning 53 foizi esa pullarini qaytarib oladi.

Yetkazib berish muddatlarini kamaytirish uchun marketpleys sotuvchilarni boshqa omborlar va saralash markazlariga qaytadan bo‘lib chiqadi.

13 yanvar kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Wildberries” yirik omborlaridan birida yong‘in yuz berdi. Yonish maydoni 70 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA