Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 2024 yilning ilk “El-klassiko”si – Ispaniya Superkubogi finali doirasida “Real” hamda “Barselona” uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda madridliklar raqiblari ustidan 4:1 hisobida ustun keldi. Birinchi bo‘limning 7-, 10- va 39-daqiqasida Vinisius kataloniyaliklar darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, Levandovski 33-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda “Real” o‘zining 4-golini darvozaga kiritdi. Ushbu ishni 64-daqiqada Rodrigo muvaffaqiyatli bajardi.

Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi va ushbu kuboklar soni 13 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, “Real” va “Barselona” klublari Ispaniya Superkubogi doirasidagi o‘zaro o‘yinlar soni 15 taga yetdi. Unda “Real” 9 marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Barselona” 4 uchrashuvda g‘olib bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi ikki uchrashuvda durang qayd etilgan.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA