Suriyaning Deyr-ez-Zor viloyatida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan terrorchi guruhlar AQSH harbiy bazasiga raketalar bilan hujum qildi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Deyr-ez-Zorni Furot daryosining g‘arbiy sohilidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar Amerika qo‘shinlari joylashgan Koniko gaz zavodidagi bazani raketa bilan o‘qqa tutgan.

Amerika havo hujumidan mudofaa tizimlari 2 ta raketani nishonga yetguncha yo‘q qildi. Yana bir raketa baza yaqinida qulagan.

Bazada joylashgan AQSH qo‘shinlari Furot daryosining g‘arbiy sohilidagi Xashsham shahrida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar pozitsiyalariga raketa hujumi uyushtirdi.

AQSH hozircha bu hujum yuzasidan bayonot bergani yo‘q.

Yil boshidan beri Amerikaning Xasaka va Deyr-ez-Zordagi harbiy bazalari kelib chiqishi noma’lum kamikadze dronlari tomonidan tez-tez hujumlarga uchramoqda.

O‘zA