Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson rossiyalik rasmiylarning 2022 yil bahorida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini to‘xtatgani haqidagi da’volarini “to‘liq bema’nilik va bu Rossiya propagandasi” degan, deb xabar berdi “The Times”.
Boris Jonson ushbu nashrga 2022 yilning martida Kiyev va Moskva o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Istanbul muzokaralaridan keyin “har qanday mumkin bo‘lgan kelishuvning mohiyatidan xavotirda ekanligini va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va’da bergani”ni aytadi.
“O‘shanda men biroz hayajonda edim. Bu qanday kelishuv bo‘lishini tasavvur ham qila olmadim, chunki Putin bilan har qanday kelishuv ko‘ngilsiz bo‘ladi degan fikrda edim”, – degan “The Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida.
Kim va nima uchun Jonsonni muzokaralarning buzilishida ayblamoqda? Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Jonson Kiyevga Moskva bilan tinchlik bitimlarini imzolashni “taqiqlagan” deb da’vo qilgan edi. Zaxarovaning bu gaplari Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda qatnashgan Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiyaning gaplariga javob bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Chunki, David Araxamiya “1+1” telekanaliga bergan intervyusida “Biz Istanbuldan qaytganimizda, Boris Jonson Kiyevga keldi va biz ular bilan umuman hech narsa imzolamasligimiz kerakligini aytdi va faqat qarshi urush qilishimizni”, – ta’kidladi, degan. Lekin Jonsonning bu da’volarga e’tirozlaridan keyin David Araxamiya ham fikrini o‘zgartirib “The Times” bilan suhbatda Kreml o‘z qarashini qo‘llab-quvvatlash uchun Jonsonning so‘zlarini ataylab buzib ko‘rsatganini bildirdi.
Unga ko‘ra, Jonsonning “shunchaki kurashish” zarurligi haqidagi bayonoti Ukrainaning G‘arb ittifoqchilari bilan Rossiya bosqiniga qanday qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha maslahatlashuvlarida umumiy fikr sifatida aytilgan.
Esingizda bo‘lsa, 2022 yil 29 mart kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan bir oy o‘tib, Istanbulda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiyaning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukrainaning betarafligi va NATOga kirmasligi sharti bilan urushni tugatishni taklif qilgan, biroq Kiyev bunga rozi bo‘lmagan.