Istanbulda Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lgan jurnalistlar xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi.

“Falastinlik shahid jurnalistlar xotirasiga: Bosqin guvohlari” deb nomlangan tadbir “Press For Palestine” birlashmasi tomonidan uyushtirilgan.

“7 oktyabrdan beri G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealarga barchamiz guvoh bo‘ldik. Jurnalistlar u yerda sodir bo‘layotgan vahshiyliklar haqidagi haqiqatni dunyoga yetkazishga qanday harakat qilayotganini ko‘rayapmiz. Ular oila a’zolarini, yaqinlarini, safdoshlarini yo‘qotishlariga, boshdan kechirgan og‘riq va fojialarga qaramay, o‘zlarining professionallik burchlarini hayotlarini qurbon qilib bo‘lsa-da bajarishayapti”, degan “Press For Palestina” tashkiloti matbuot kotibi Xayriniso Chechak ko‘rgazma ishtirokchilariga.

Uning eslatishicha, 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 112 jurnalist halok bo‘lgan.